24 mar 13:13
Yangiliklar

Formula-1. Oskar Piastri – Xitoy Gran-prisi g'olibi!
Unda "McLaren" piloti Oskar Piastri g'alaba qozondi. Uning jamoadoshi Lando Norris ikkinchi bo'ldi. Uchinchi pog'ona Jorj Rasselga ("Mercedes") nasib etdi.
"Alpine"ning avstraliyalik poygachisi Jek Duen "Racing Bulls" azosi Isak Xajarni trassadan chiqarib yuborgani uchun 10 soniyalik jarimaga tortildi. "Ferrari" vakili SHarl Lekler poyganing birinchi aylanasida jamoadoshi Lyuis Xemilton bilan turtilib ketdi va oldingi qanotining chap tomonini shikastlab oldi. "Aston Martin" piloti Fernando Alonso tormoz muammosi tufayli poygani erta tugatishga majbur bo'ldi.
SHanxay. Jahon chempionati. 2-bosqich. Xitoy Gran-prisi
Top-10 talik:
1. Oskar Piastri ("McLaren")
2. Lando Norris ("McLaren")
3. Jorj Rassell ("Mercedes")
4. Maks Ferstappen ("Red Bull")
5. SHarl Lekler ("Ferrari")
6. Lyuis Xemilton ("Ferrari")
7. Esteban Okon ("Haas")
8. Andrea Kimi Antonelli ("Mercedes")
9. Aleksandr Albon ("Williams")
10. Oliver Berman ("Haas")
11. Per Gasli ("Alpine")
12. Lans Stroll ("Aston Martin")
13. Karlos Sayns ("Williams")
14. Isak Xajar ("Racing Bulls")
15. Jek Duen ("Alpine")
16. Liam Louson ("Red Bull")
17. Gabriel Bortoleto ("Sauber")
18. Niko Xyulkenberg ("Sauber")
19. Yuki Cunoda ("Racing Bulls")
20. Fernando Alonso ("Aston Martin") – chiqib ketdi.
Poyga yakunlangach, "Ferrari"chilar Lekler va Xemilton, shuningdek, Gasli ("Alpine") turli sabablar bilan diskvalifikaciya qilindi va jadvaldagi o'rnini qolganlarga bo'shatib qo'ydi.
Fikrlar