18 mar 15:51
Yangiliklar
Formula-1
Formula-1 poyga bolidining tezligi haqida bilasizmi?
Formula-1 – nufuzli va texnologik jihatdan ilg'or sport turlaridan biri bo'lib, unda avtomobilsozlik sohasidagi eng ilg'or texnologiyalar qo'llanadi.
SHuning uchun tezlik ko'rsatkichlari haqiqatan ham hayratlanarli.
Gran-pri poygalarida tezlik bo'yicha rekordni 2016 yil Mexiko shahrida Valtteri Bottas o'rnatgan – 372,54 km/s.
Zamonaviy dvigatellarning quvvati 1000 ot kuchiga etadi, bu esa avtomobilga 100 km/s tezlikka 1,7 soniyada, 300 km/sga esa 8,6 soniyada erishishga imkon beradi.
Formula-1 jiddiy tayyorgarlikni talab qiladi, chunki tezlik olish va tormozlash vaqtidagi bosim kosmonavtlarning raketada uchish vaqtidagi bosimidan oshib ketadi, bu taxminan 2 daqiqani tashkil etadi, poyga esa 1,5 soatdan ortiq davom etishi mumkin.
Havola :
Manba : t.me/uz_eksport
Fikrlar