So’nggi yangiliklar

19:02Усик нега фаолиятини якунламоқчи эмаслигини айтди 0 18:41"Перейрани менга қолдир". Чимаев Жон Жонсга мурожаат қилди 0 18:20Илия Топурия ваъда берди 0 17:59Хаби Алонсонинг қайси клубда фаолиятини давом эттириши мумкинлиги айтилди 0 17:38Мураббий Шара Буллетнинг қачон UFC’га қайтишини айтди 0 17:17MPL Лигасининг келажаги нима бўлади? Маҳмуд Мурадов ойдинлик киритди 0 16:56Илия Топурия UFC’нинг энг ортиқча баҳоланган жангчисини айтди 0 16:35"Барселона" собиқ футболчиси Қозоғистоннинг "Актобе" клубига ўтди 0 16:14Бивол The Ring журналининг 2025 йил якуни бўйича икки мукофотига номзод бўлди 0 15:53Усик Тайсон Фьюри билан трилогия ҳақида гапирди 0 15:32Zuffa Boxing 1 бокс оқшомининг тўлиқ карди эълон қилинди (ФОТО) 0 15:11Иньеста Африканинг Топ терма жамоаси мураббийлар штабига кириши мумкин 0 14:50Қозоғистонлик жангчи UFC билан қайтадан шартнома имзолади 0 14:29Велоспортчиларимизнинг кейинги манзили Ҳиндистон бўлади 0 14:08Маҳмуд Мурадов ҳозирда Жасур Алижонов билан муносабати қандай эканини айтди 0

22 jan 16:41
Yangiliklar

Dzyudo

FOTO. Dzyudochilarimiz Isroil Gran-prisiga yo'l olishdi (to'liq tarkib)

Bundan bir necha daqiqa avval dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Gran-pri turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqada ishtirok etish maqsadida Isroilning Tel-Aviv shahriga yo'l oldi.

24-26 yanvar kunlari o'tkaziladigan turnirda 18 nafar sportchidan iborat O'zbekiston terma jamoasi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Musobaqaning sovrin jamg'armasi 100 000 AQSH dollaridan iborat bo'lib, Tokio-2020 Olimpiadasi uchun muhim reyting ochkolarini taqdim etishi bilan ahamiyatlidir. CHempion sportchi 700 reyting ochkosini qo'lga kiritadi.

O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi Farhod To'raev boshchiligidagi jamoamiz tarkibidan G'iyosjon Boboev, SHahram Ahadov, SHarofiddin Boltaboev, SHerali Jo'raev, Davlat Bobonov, Bekmurod Oltiboev singari etakchi polvonlarimiz joy olishgan. 

Isroil Gran-prisida qizlarimiz ham o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi. O'z vazn toifalarida Gulnoza Matniyazova, Diyora Keldiyorova, Gulnoza Ziyaeva, Nodira Yo'ldosheva va Amina Mamedova Tel-Aviv tatamilarida medallar uchun kurash olib borishadi. 

SHuningdek, ushbu nufuzli musobaqada xalqaro toifadagi ikki nafar referimiz Vyacheslav Pereteyko va Ramziddin Saidov hakamlik qiladi. 

Terma jamoa tarkibi: 

-60 kg: Rahmon Jumaev, Kemran Nurullaev

-66 kg: SHahram Ahadov, Sardor Nurillaev

-73 kg: G'iyosjon Boboev, Ulug'bek Otamurodov

-81 kg: SHarofiddin Boltaboev, Muso Sobirov

-90 kg: Davlat Bobonov 

-100 kg: Muhammadkarim Hurramov, SHerali Jo'raev

+100 kg: Alisher Yusupov, Bekmurod Oltiboev

Qizlar:

-52 kg: Gulnoza Ziyaeva, Diyora Keldiyorova

-57 kg: Amina Mamedova

-70 kg: Gulnoza Matniyazova

+78 kg: Nodira Yo'ldosheva

Murabbiylar: Farhod To'raev, Kamol Murodov, Rafgat Izmaylov

Hakamlar: Vyacheslav Pereteyko, Ramziddin Saidov 

Reyting:    

Fikrlar

   
22 jan 21:57:48
Angren.
Дзюдомиз охирги йилларда юзтубан оркага кетди. Маглубиятларга хам куникиб колдик
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing