29 dek 11:20
Yangiliklar
Futbol

FOTO. Gaskoyn yana mojarolar markazida, u kasalxonaga olib kelindi
Angliya futbolining yaqin o'tmishdagi mashhur yulduzi Pol Gaskoyn yana mojarolar markaziga tushib qoldi.
Uni navbatdagi janjaldan so'ng London markazidagi kasalxonalarning biriga etkazildi. Gap shundaki, ichkilikka ruju qo'ygan Gaskoyn poytaxtdagi mehmonalarning birida oddiy qoidalarga amal qilmagan.
Mehmonxona mijozlaridan biri Gazzaning xatti-harakatlariga chiday olmay, u bilan orani ochiq qilishga tushib ketdi. Mijoz futbolchini zinadan pastga itarib yubordi.
Buning natijasida sobiq futbolchi boshidan jarohat oldi. SHifokorlar unga miya chayqalishi tashxisini qo'yishgan. O'z vaqtida Gaskoyn Angliya terma jamoasi tarkibida 57ta uchrashuvda maydonga tushib, 10ta gol kiritgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar