28 dek 10:55
Yangiliklar
Futbol

FOTO. Globe Soccer Awards yilning eng yaxshilarini elon qildi
“Real” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Globe Soccer Awards talqiniga ko'ra 2016 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Unga ko'ra, Madridning “Real” klubi “yilning eng yaxshi jamoasi”, Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush “yilning eng yaxshi murabbiyi” deb topildi.
“Eng yaxshi hakam” nominaciyasida angliyalik Mark Klattenburg g'olib bo'ldi. O'tgan yili hamyurtimiz Ravshan Ermatov ushbu mukofotga loyiq ko'rilgandi.
“Anji” sobiq hujumchisi Samuel Eto`O faoliyatidagi yutuqlari uchun sovrinini oldi. Mino Rayola “yil agenti” deb tan olindi.
“Eng yaxshi klub prezidenti” yo'nalishida “Real” prezidenti Florentino Peres g'olib bo'ldi. Taqdirlash marosimi Dubay shahrida bo'lib o'tdi.
Havola :
Fikrlar