So’nggi yangiliklar

15:25ИНТЕРВЬЮ. Жонлантириш бўлимида бир ўлиб тирилган замонамиз Шум боласи Элбек Ибрагимов 0 14:57"Нима учун Трампдан ФИФАдан натижани бекор қилишни сўрамайсизлар?" 0 14:11Энтони Жошуа ҳар қандай рақибни йўқ қилмоқчи 0 13:40АҚШ Ўзбекистондаги шахмат Олимпиадасига қандай таркиб билан келиши аниқ бўлди 0 13:14WBO Дмитрий Бивол учун мажбурий даъвогарни белгилади 0 12:46Португалиянинг ЖЧ-2026 дан чиқиб кетганида Роналдуни айблашди 0 12:23"Конор Макгрегорнинг энг кучли талқинига қарши жангга тайёргарлик кўряпман" - Холлоуэй 0 11:59Расман! Мурат Гассиевнинг рақиби эълон қилинди 0 11:36UFC 331 турнирининг санаси, манзили, асосий жанги очиқланди 0 11:01"Тож ҳеч қачон тушмайди". Роналдунинг опаси — ҳужумчининг Португалия терма жамоасидан кетиши ҳақида 0 10:33Йен Гэрри: "Махачевни ўз қуроли билан енгаман" 0 10:32Ана холос! Қозоғистонлик жаҳон чемпиони рафиқасига нисбатан шафқатсиз зўравонликда айбланмоқда! 0 09:47Ўзбекистон профессионал бокс федерациясига янги раис сайланди 0 09:02ЎФАга очиқ савол: терма жамоаларга мураббий тайинлашда қачонгача “эксперимент” қилинади? 0 19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0

19 apr 09:12
Yangiliklar

Futbol

FOTO Hokim vadasini bajarib, avtomobil sovg'a qildi va Andijon polkasiga raqsga tushdi

Teglar :  FutbolHokimAndijon
Kecha O'zbekiston Superligasida 5-tur uchrashuvlariga start berildi.

Vodiyda "Andijon" jamoasi Qarshining "Nasaf" klubini qabul qildi. Ushbu uchrashuv joriy mavsum "Sog'lom Avlod" stadionidagi ilk bahs bo'ldi va ochilish o'yini viloyat uchun o'zgacha bayramga aylandi. Kecha viloyat hokimi Andijonda tushdan keyin hammaga dam elon qilgan edi. 

Bundan tashqari, hokim kechagi o'yindan bir kun oldin futbolchilar bilan uchrashgan va ularga "Nasaf"ga qarshi o'yin uchun pul mukofotlari, bundan tashqari jamoa g'alaba qozongan taqdirda yarim himoyachi Farhod Bekmurodovga "Lasetti" (Gentra) avtomobili sovg'a qilishini vada bergan edi. 

"Nasaf" ustidan 3:1 hisobidagi g'alaba qo'lga kiritilganidan keyin stadionning o'zida shaxsan viloyat hokimi SHuhratbek Abdurahmonovning o'zi futbolchilarning har biriga 10 million so'mdan pul mukofoti tarqatib chiqdi.

O'yin tugashi arafasida oldindan olib kelib qo'yilgan "Lasetti" (Gentra) avtomobili "Sog'lom Avlod" stadioniga kirib keldi.


Avtomobilni vada qilinganidek Andijon viloyat hokimi SHuhratbek Abdurahmonovning o'zi Farhod Bekmurodovga sovg'a qildi.

O'yinchilar taqdirlab bo'linganidan so'ng "Andijon" azolari hokim bilan birga muxlislar oldiga borib g'alabani nishonlashdi. "Islandcha xuk" nishonlashda hokimning o'zi ham ishtirok etdi.


Andijon xalqi mavsumdagi birinchi g'alaba bilan muborakbod etildi.


Keyin esa SHuhratbek Abdurahmonovning o'zi ham futbolchilar bilan birga "Andijon polkasi"ga raqsga tushdi.


Bir so'z bilan aytganda, kechagi kun Andijon xalqi uchun chinakam bayramga aylanib ketdi. Stadiondagi muxit esa maksimal darajada alo bo'ldi.

Tolibjon Qosimov, Andijondan maxsus

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
19 apr 14:17:12
holis1956
галаба к, уллиг бу'лсин ах, ли андижон!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing