25 dek 13:40
Yangiliklar
Futbol

FOTO. “Inter”ning yaponiyalik himoyachisi stadionda sevgilisining qo'lini so'radi
Yaponiyalik futbolchi Yuto Nagatomo Juzeppe Meacca nomli “San-Siro” stadionida sevgilisining qo'lini so'radi.
So'nggi paytlarda bu holat ananaga aylanib boryapti. “Inter” himoyachisi ham shunday yo'lni tanladi. Birgina farqi Yuto 32 yoshli Tayra Ayrini bo'm-bo'sh stadionga olib kelib, undan turmushga chiqishni so'ragan.
“Men 11 nafar farzandning otasi bo'lishni orzu qilaman. SHunda biz bir butun oilaviy jamoa bo'lamiz”, – dedi yaponiyalik futbolchi.
Aftidan, Nagatomo “Suyunchi” filmini tomosha qilgan ko'rinadi. Joriy mavsumda Yuto “Inter” libosida 11ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar