02 avg 18:35
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/2204_220.jpg)
FOTO. Kievda Valentin Belkevichga yodgorlik o'rnatildi
Ukraina poytaxti Kiev shahrida Belarus futbolining yulduzi Valentin Belkevich qabri ustiga yodgorlik o'rnatildi.
Kievning “Dinamo” klubida porlagan bu yulduz 2014 yilning 1 avgust kuni olamdan o'tgan edi. Oradan ikki yil o'tib, Baykov qabristonida Belkevich yodgorligi qad rostladi.
Marosimda Belarus terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Xackevich ham ishtirok etdi. Xackevich o'z vaqtida Belkevich bilan birga “Dinamo” sharafini himoya qilgandi. O'sha paytda hamyurtimiz Maksim SHackix ham Belkevich va Xackevich bilan birga to'p tepgandi.
Havola :
Manba : pressball.by
Fikrlar