24 noy 10:15
Yangiliklar
Futbol

FOTO. “Lester” hujumchisi Lamborghini rusumli mashinasini rasvo qildi
“Lester Siti” hujumchisi Jeff SHlupp o'zining qimmatbaho Lamborghini rusumli mashinasida yo'l trasport xodisasiga uchradi.
Britaniyaning The Sun nashri tarqatgan xabarga qaraganda, SHlupp dushanba kuni avtofalokatga uchragan. U mashg'ulotga kech qolmaslik uchun tezlikni oshirgan.
Ganalik futbolchi sirpanchiq yo'lda mashina boshqaruvini yo'qotgan va yo'l chekkasiga chiqib ketgan. Xabarda hujumchiga hech narsa qilmagani aytilyapti.
Ushbu Lamborghini mashinasining narxi 190 ming funt sterlingga baholanmoqda.
Havola :
Fikrlar