18 dek 19:39
Yangiliklar
Futbol

FOTO. Messiga beshinchi "Oltin butsa" topshirildi. Bu rekord!
Evropa sport nashrlari associaciyasi "Barselona" hujumchisi Lionel Messiga "Oltin butsa" sovrinini topshirdi.
Messi o'tgan - 2017/18 mavsumda Evropaning eng yaxshi to'purari bo'lgan edi.
Bu uning beshinchi "Oltin butsa"si. Messi 2009/10, 2011/12, 2012/13, 2016/17 mavsum yakunlariga ko'ra "Oltin butsa" sovrinlarini qo'lga kiritgan. Argentinalik forvard "Oltin butsa" soni bo'yicha rekordchiga aylandi.
Ushbu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi o'rin "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduga tegishli. Unda 4ta shunday sovrin bor.
Havola :
Fikrlar