11 avg 11:14
Yangiliklar
Futbol

FOTO Nazorat uchrashuvi. O'zbekiston U-19 - "Buxoro" 2:2
Kecha Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi "Buxoro"ga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
"Lokomotiv" stadionida o'tgan bahsda tomonlar ikkitadan gol urishdi. Yoshlar terma jamoasi safida Ruslan Roziev va Husayin Norchaev to'p kiritishgan bo'lsa, buxoroliklar safida Jasur Hakimov va SHahzod Beshimov gol urishdi - 2:2.
Nazorat uchrashuvi.
10 avgust 2020 yil
O'zbekiston U-19 - "Buxoro" 2:2
Gollar: Ruslan Roziev, Husayin Norchaev - Jasur Hakimov, SHahzod Beshimov.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 terma jamoasi oktyabr oyida mamlakatimizda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Bugun ushbu musobaqa final bosqichiga qura tashlandi. Unga ko'ra, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi mezbon sifatida "A" guruhida Indoneziya, Kambodja va Eron bilan kuch sinashadigan bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar