04 avg 08:47
Yangiliklar
Futbol

FOTO O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda yig'in boshladi
Vadim Abramov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi.
"Bunyodkor" akademiyasi maydonida o'tgan bugungi mashg'ulotlarda murabbiylar shtabi asosan tiklanish mashqlariga urg'u berdi. Bundan tashqari futbolchilar to'p bilan ham ishlashdi.
Mazkur yig'inga chaqirilgan "Metallurg" klubi futbolchilaridan koronavirusga olingan so'nggi test natijalari ijobiy chiqqanligi sababli yig'inga jalb etilmadi.
SHu sababli, Aleksandr Lobanov o'rnini mashg'ulotlarda Botirali Ergashev ("Qo'qon-1912") egalladi. Islom Isoqjonov ("Navbahor") esa ertaga tibbiy ko'rikdan so'ng terma jamoa ixtiyoriga etib kelishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar