06 iyu 12:15
Yangiliklar
FOTO. Rio-2016 qahramoni bo'lgan bokschilarimiz futbolchilar bilan uchrashishdi
Tadbirda Rio Olimpiadasi qahramonlari aynan olimpiya o'yinlari hamda Toshkentda o'tgan Osiyo chempionatidagi hayajonli daqiqalar, musobaqalarga tayyorgarlik jarayoni, g'alaba va mag'lubiyatni to'g'ri his qilish kabi mavzular bo'yicha so'zlab berishdi.
Boks bo'yicha terma jamoa murabbiylaridan biri Rahmatjon Ro'zioxunov ham so'zga chiqib, bokschilarning hammasi futbol muxlisi ekanligini alohida takidladi. Marosimda bokschilardan SHahram G'iyosov, Bektemir Meliqo'ziev, Bahodir Jalolov, Murodjon Ahmadaliev, Isroil Madrimov va Elnur Abduraimovlar ishtirok etishdi.
So'zga chiqqan SHahram G'iyosov va Isroil Madrimov futbolchilarga katta musobaqalardagi tajribalari haqida gapirib, O'zbekiston terma jamoasiga Eron bilan bo'lib o'tadigan hal qiluvchi o'yinda omad tiladilar.
Futbolchilar nomidan so'zga chiqqan terma jamoa sardori Odil Ahmedov ham bokschilarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, bundan keyingi musobaqalarda g'alabalar bardavom bo'lishini tiladi.
Fikrlar
канийди. Эронни ютсак яхши булар эди, ))))