So’nggi yangiliklar

21:51Octagon League'нинг ўзбекистонлик собиқ чемпиони иштирокидаги жанг биринчи раунддаёқ якунланди 0 21:18"Дэвис кубоги". Нигерия ва Ўзбекистон ўртасидаги илк кунги учрашувлар якунланди 0 20:35Конор Макгрегорнинг ўзбекистонлик спарринг шериги Mangu 1 турнирида жанг қилди 0 19:38Mangu 1 турнирининг йирик жангларидан бири бекор бўлди 0 18:57Рамазон Темиров, Хотамбек Бойназаров, Амирхон Алихўжаев ва бошқа юлдузлар жанг қиладиган Mangu 1 турниридан ОНЛАЙН 0 18:34Қишки Олимпиаданинг илк олтин медали Швейцарияга насиб этди 0 18:02Камилла Раҳимова Руминиядаги WTA 250 турнирининг жуфтлик баҳсларида ғолиб бўлди 0 17:39"Манчестер Юнайтед" Луис Энрикега мурожаат қилди. Испаниялик ўз жавобини берди 0 17:03Айтжан Халмаханов Zagreb Open турнири чемпионига айланди 0 16:41Ўзбекистон делегацияси аъзолари Милан ва Кортина-2026 қишки Олимпиадаси очилиш маросимида қатнашишди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 16:07Ёш велоспортчиларимиз Осиё чемпионатининг аралаш эстафета дастурида иккинчи бўлишди 0 15:39"Олимпик" Пролига иштирокчилари орасида йўқ, футболчи ва ходимлар 2025 йилнинг май ойидан бери маош олишмаган 0 15:07Жастин Гэтжи ММАдаги фаолияти қачон якунланишини айтди 0 14:30UFC эгаси Оқ уйдаги турнир учун кард ҳозирнинг ўзида ишлаб чиқилаётганини маълум қилди 0 13:55Артур Бетербиев Дмитрий Бивол билан эҳтимолий учинчи жанг ҳақида маълумот берди 0

16 avg 10:36
Yangiliklar

Tennis, O'q otish, Eshkak eshish, Osiyo o'yinlari

FOTO. Salom Jakarta, salom Palembang!

Xabaringiz bor, 18 avgust kuni Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida 18-Osiyo o'yinlari rasman boshlanadi.

Aynan shu kuni muhtasham “Bung Karno” stadionida Osiyo Olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi. Aslida qita o'yinlari biroz avval, aniqrog'i futbol musobaqasi uchrashuvlari bilan start olgan edi. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ilk turda bangladeshlik futbolchilar ustidan ishonchli (3:0) g'alabaga erishishgandi. Bugun Ravshan Haydarov shogirdlari Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Ushbu bahs “Pakansari” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

Kecha esa kattagina O'zbekiston sport delegaciyasi Toshkent - Kuala-Lumpur reysi bilan Malayziya poytaxtiga etib keldi. Delegaciya 89 kishidan iborat edi. Indoneziyaga to'g'ridan-to'g'ri avia reys bo'lmagani bois, Jakarta va Palembangga Kuala orqali uchildi. 

Delegaciya tarkibidan boks, akademik eshkak eshish hamda katta tennis sport turi vakillari joy olishgandi. Bu erda delegaciya ikkiga bo'lindi. O'n uch soatlik kutishdan so'ng 34 kishidan iborat birinchi guruh Palembangga, qolganlar esa Jakartaga yo'l olishdi. 

Darvoqe, delegaciya tarkibida jami 20 nafar OAV xodimlari ham bor edi. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tashabbusi hamda ko'magida ilk marotaba ana shunday kattagina guruh bevosita musobaqa manzilidan Osiyo o'yinlarini yoritib borishadi. 

Palembangda kamina hamda MOQ foto muxbiri Abdulla Fayzullaev sportchilarimizning mashg'uloti, olimpiya shaharchasidagi yashash tarzi, musobaqadagi ishtiroki, so'nggi natijalar, umuman barcha-barchasi haqida baholi qudrat tezkorlik ila malumotlar etkazib borishga harakat qilamiz. 

Bugun ertalab 1 soatu 25 daqiqalik parvozdan so'ng Kuala-Lumpurdan Palembang shahriga etib keldik. Bizni bu erda musobaqa tashkilotchilari ochiq chehra bilan kutib olishdi. Osiyo o'yinlarini yuqori saviyada o'tkazish uchun yaxshigina ter to'kilgani shahar ostonasidanoq ko'rinib turibdi. Volontyorlar, yani ko'ngillilarning xushmuomalaligini alohida takidlash o'rinli. 

Ko'chalarga musobaqa ruhiyatini berib turuvchi turli hajmdagi bannerlar joylashtirilgan. SHaharda motocikllarning juda ham ko'pligi diqqatimizni o'ziga tortdi. SHarqiy Osiyo mamlakatlariga xos holat. Namgarchilik yuqoriroq ekanligini inobatga olmasa, harorat u darajada issiq emas. Ayni paytda harorat 30-32 daraja atrofida. 

Palembangda o'zbekistonlik sportchilar akademik eshkak eshish, baydarka va kanoe, triatlon, o'q otish va katta tennis musobaqalarida ishtirok etishadi. 23-24 avgust kunlari akademik eshkak eshish bo'yicha barcha g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi. 

Bugun kunning ikkinchi yarmida tennis bo'yicha terma jamoamiz mashg'ulotlarni boshlaydi. Biz tennischilarimizning mashg'ulotidan reportaj tayyorlashni maqsad qilganmiz. Bizdagi malumotlarga ko'ra, akademik eshkak eshish sport turi vakillarining qayiq va boshqa anjomlari hali Palembangga etib kelmagan. SHu bois, hozircha ilk mashg'ulotning qachon o'tkazilishi malum emas. 


Kamoliddin Alimov  Kuala-Lumpur (Malayziya) - Palembang (Indoneziya)

Suratlar muallifi - Abdullo Fayzullaev 

Reyting:    

Fikrlar

   
16 avg 11:52:24
Dilshot Solihov
Hudo holssa sport tv transtlatsya masalasi ijobi tarafga qarab ketvoti admila muhlislani hotirjam qiladigan habarla bomi sport tv bilan bog'lanila muhlislar hurmati kutvomiz har bir habarilani olamsport admilari nega jimsila live masalasi
   
16 avg 10:40:55
Dilshot Solihov
osiyo bo'yicha bizdan boshqa hamada live bor .
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing