So’nggi yangiliklar

13:12"Агар дю Плесси Чимаевни енгса, P4P рейтингда Махачевдан ўтиб кетади" - собиқ чемпион 0 12:51Гвардиола "Палермо"га қарши ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида гапирди 0 12:30Бугун Фомин Genesis Traiding Cup турниридаги иштирокини бошлайди 0 12:09Нодирбек Абдусатторов Saint Louis Rapid & Blitz турнирида иштирок этади 0 11:48PFL раҳбарияти Фрэнсис Нганнудан норози 0 11:27Хосеп Гвардиола: "Кўплаб футболчилар жамоани тарк этиши керак" 0 11:06"Чимаевга ҳатто профессионал лицензия ҳам бермасдим" - Дю Плессининг мураббийи 0 10:45Бивол IBF`дан камарнинг мажбурий ҳимоясини тиббий томондан кечиктиришни сўради 0 10:24"Qonaev Cup 2025". Суяровда яна ғалаба ва бошқа натижалар 0 10:03ПСЖ 40+15 млн евролик трансферни амалга оширди 0 09:42Ига Свёнтек Потаповага бешта гейм берди 0 09:21Ўзбекистон ва Қозоғистондан Осиё чемпионати финалига неча нафардан боксчи етиб келди? (Барча жуфтликлар) 0 09:00UFC on ESPN 72 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 08:39"Эшитдик-да". Роналдиньо ва Луиш Фигу Тошкентга келади! 0 08:18Цинциннати "Мастерс". Янник Синнер рақибини сезмади 0

29 avg 10:09
Yangiliklar

SHaxmat

FOTO Sinquefield Cup. CHempionga 100 000! Abdusattorov va boshqalar qancha gonorar ishlab olishdi?

Xabar berganimizdek, AQSHning Sent-Luis shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo'yicha nufuzli Sinquefield Cup turniri o'z yakuniga etdi.

Grand Chess Tour musobaqasining beshinchi bosqichi hisoblangan ushbu turnirning mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil etdi. Musobaqada dunyoning 10 nafar kuchli grossmeysteri bosh sovrin uchun bahs olib bordi. Ular orasida jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov (2762) ham bor edi. 

Turnirning so'nggi 9-turida hamyurtimiz oq donalarda musobaqaning ikkinchi raqamli shaxmatchisi, FIDE bayrog'i ostida qatnashgan rossiyalik Yan Nepomnyashiyga qarshi bahs olib bordi va chiroyli g'alabaga erishdi. Nodirbek 2 g'alaba, 6 durang va 1 mag'lubiyat bilan turnir jadvalida qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 3-o'rinni egalladi. 

SHu tariqa, Nodirbek Abdusattorov 40 000 AQSH dollar miqdoridagi mukofot pulini qo'lga kiritdi. U Grand Chess Tour bosqichlaridagi umumiy ishtiroki va qo'shimcha bonuslarni qo'shib hisoblaganda 74,500 AQSH dollariga ega bo'ldi. 

Sinquefield Cup g'olibi Alireza Firuzja (Franciya, 2751) bosh sovrin bilan birga 100 000 AQSH dollariga ham ega chiqdi. Franciyalik grossmeyster Grand Chess Tour bosqichlaridagi umumiy ishtirokidan 323,750 dollar ishlab oldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing