26 sen 12:41
Yangiliklar
Futbol

FOTO Suares 2020/21 yilgi mavsum "Atletiko"da qaysi raqamda o'ynaydi?
"Atletiko" hujumchisi Luis Suares ushbu mavsum uchun o'ziga raqam tanladi.
33 yoshli forvard "Barselona" va Urugvay terma jamoasidagi raqami - "9"ni tanladi. Bu haqda Madrid klubi rasmiy matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suaresga qadar ushbu raqam "Yuventus"ga o'tgan Alvaro Morataga tegishli edi. 9-raqamda bunga qadar Radamel Falkao, David Vilya, Fernando Torres va Mario Manjukich singari mashhur futbolchilar ham o'ynagan.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" Suaresning transferi 25 sentyabr kuni elon qildi.
Havola :
Fikrlar