07 dek 13:50
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/6465_220.jpg)
FOTO. Vilya - MLSning yangi yaxshi futbolchisi!
Ispaniyalik hujumchi David Vilya Amerika futbol ligasi (MLS)ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
“Valensiya”, “Barselona” va “Atletiko” klublarining sobiq hujumchisi MVP sovrinini qo'lga kiritdi. Vilya 2014-yildan beri “Nyu-York Siti” klubi sharafini himoya qilib kelyapti.
O'tgan mavsumda u 35ta uchrashuvda maydonga tushib, 23ta golga mualliflik qilgandi. David Ispaniya terma jamoasi tarkibida 97ta o'yinda 59ta gol kiritgan. Vilya 2014-yilda terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan.
Havola :
Fikrlar