20 may 15:22
Yangiliklar
Futbol

FOTO Yaqindagina xarbiy xizmatni o'tagan Son "Tottenxem" mashg'ulotlariga qaytdi
Londonning "Tottenxem" klubi forvardi Son Xyon Min klub ixtiyoriga qaytdi va mashg'ulotlarga kirishdi.
Yaqindagina vatani Janubiy Koreyada 3 haftalik xarbiy xizmatni o'tagan 27 yoshli futbolchi "shporlar" mashg'ulotlariga qaytgani aks etgan suratni o'zining instagram sahifasiga joyladi.
Bundan tashqari, klub matbuot xizmati ham ushbu suratni "Tottenxem"ning tvitterdagi rasmiy sahifasiga joyladi va unga "Qarang, kim qaytdi!", - deb izoh qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, Son Xyon Min joriy mavsum APLda 21 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 9 ta gol urib, 8 ta golli pas bergan.
Havola :
Fikrlar