11 fev 20:34
Yangiliklar
![](/upload/storage/322485_220.jpg)
Freestyle Chess Grand Slam. Nodirbek Abdusattorov - Alireza Firuzdja bahsi yakunlandi
Hozirgina Nodirbek Abdusattorov 5-o'rin uchun kechayotgan pley-offning ilk uchrashuvini yakunladi. CHorak finalda Magnus Karlsenga imkoniyatni boy bergan Nodirbek franciyalik Alireza Firuzdjaga qarshi oq donalarda o'ynadi va durangga imzo chekdi. Ertaga ikki grossmeyster o'rtasida hal qiluvchi ikkinchi uchrashuv o'tkaziladi. Unda Abdusattorov qora donalarda harakat qiladi.
Ayni daqiqalarda yana bir hamyurtimiz Javohir Sindarov 1/2 finalning ilk partiyasida dunyo reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan amerikaoik grossmeyster Fabiano Karuanaga qarshi bahs olib boryapti. Hozircha kichik ustunlik Sindarov tomonida. Fabiano 1/4 finalning har ikki uchrashuvida ham amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaradjudan ustun kelgandi.
Fikrlar