12 fev 20:50
Yangiliklar
SHaxmat
![](/upload/storage/322579_220.jpg)
Freestyle Chess Grand Slam. Nodirbek Abdusattorov Alireza Firuzdjani taslim etdi
Germaniyaning Vayssenxaus shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 750 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnirda pley-off bahslari davom etmoqda.
Hozirgina Nodirbek Abdusattorov ishtirokidagi 5-8-o'rinlar uchun kechayotgan pley-offning ikkkinchi uchrashuvi ham yakunladi. Franciyalik Alireza Firuzdjaga qarshi qora donalarda o'ynagan hamyurtimiz kuchli raqibini qiyin vaziyatda mag'lubiyatga uchratdi. Bu shaxmatchilarning kecha o'tkazilgan ilk uchrashuvida durang natija qayd etilgandi.
Endi Nodirbek Abdusattorov 5-o'rin uchun kurashadi. Uning bu bahsdagi raqibi birozdan keyin Hikaru Nakamura - Gukesh Dommaradju partiyasidan keyin malum bo'ladi. Beshinchi o'rin sohibini 50 000 AQSH dollari kutib turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
23:49
Freestyle Chess Grand Slam. Sindarov tay-brek blic bahsining ilk partiyasida Karuanani mag'lub etdi 0
Fikrlar