08 apr 21:25
Yangiliklar
SHaxmat

Freestyle Chess Grand Slam Paris. Nodirbek Abdusattorov chorak finalga yo'l oldi
Franciya poytaxti Parij shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Freestyle Chess Grand Slam Paris turniri davom etmoqda.
12 nafar grossmeyster ishtirok etayotgan bahslarda guruh bosqichi o'z yakuniga etdi.
Nodirbek Abdusattorov 11 imkoniyatdan 6,5 ochko jamg'ardi va 5-o'rinni band etdi. Bu orqali hamyurtimiz chorak finalga yo'l oldi.
Endi 1-4-o'rinni egallagan shaxmatchilar 5-8-o'rinlarni egallagan raqiblardan birini tanlaydilar. 9-12-o'rin egalari esa 9-11-o'rinlar uchun kurash olib borishadi.
Demak Nodirbek chorak finalda Yan Nepomnyashiy, Magnus Karlsen, Maksim Vashe-Lagrev yoki Arjun Erigaisidan biri raqib bo'ladi. Dastlabki bahslar ertaga o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar