20 okt 09:58
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				Frensis Ngannu "qafas"ga qaytdi, uning ishtirokidagi jang birinchi raundda to'xtatildi
Kecha tunda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida PFL promousheni tomonidan katta MMA oqshomi o'tkazildi. 
			PFL Super Fights: Battle of the Giants turnirining asosiy jangi sobiq UFC chempioni kamerunlik Frensis Ngannu hamda braziliyalik Renan Ferreyra o'rtasida bo'lib o'tdi. Ngannu birinchi raundning o'rtalarida raqibini nokautga uchratib, og'ir vaznda PFL superchempioniga aylandi.
Nihoyat, Ngannu uzoq tanaffus - deyarli uch yildan so'ng MMAga qaytdi. U shu yilning mart oyida boks qoidalari asosida o'tkazilgan jangda britaniyalik Entoni Joshuaga nokaut bilan yutqazib qo'ygandi.

            Havola            :         
             
			
Fikrlar