So’nggi yangiliklar

11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 09:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0

27 okt 21:28
Yangiliklar

Futbol

Futbol. “Bosh vazir kubogi” sohibi malum bo'ldi

Teglar :  Bosh vazir kubogi
18 – 27 oktyabr kunlari oralig'ida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, yirik korxonalar va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o'rtasida futbol (erkaklar) va voleybol (ayollar) bo'yicha “Bosh vazir kubogi” musobaqalari tashkil etildi.

Unda qatnashish uchun mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan 148 ta vazirlik, idora, xo'jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarga xat yuborilgan edi. Yakunda erkaklar o'rtasidagi futbol musobaqalarida qatnashish uchun 64ta jamoa talabnoma taqdim etgan bo'lsa, voleybol musobaqalarida ishtirok etish istagini bildirgan jamoalar soni esa 11tani tashkil qildi.

Mazkur musobaqaning futbol bahslari “Bunyodkor” futbol akademiyasiga qarashli futbol maydonlarida o'tkazilgan bo'lsa, final uchrashuviga mamlakatimizning bosh arenasi – “Milliy” stadion mezbonlik qildi.

Ayollar o'rtasidagi voleybol musobaqalari esa O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti sport majmuasida tashkil etildi. Xususan, ayollar o'rtasida tashkil etilgan voleybol bahslarida “O'zbekiston temir yo'llari” AJ jamoasi g'alaba qozongan bo'lsa, erkaklar o'rtasida o'tkazilgan futbol bahslari finalida "O'zbektelekom” jamoasini 1-0 hisobida mag'lub etgan Oliy sud jamoasi "Bosh vazir kubogi"ga ega chiqdi. 

Ilk marotaba tashkil etilgan "Bosh vazir kubogi" musobaqalari g'oliblarini takdirlash marosimida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Aziz Abduhakimov ishtirok etdi va musobaqa ishtirokchilarini samimiy muborakbod etdi.

SHuni takidlash kerak, mazkur musobaqalarga 1 500 (bir yarim ming) nafarga yaqin xodimlar jalb etildi. Ehtimol bu raqam u qadar salmoqli bo'lib ko'rinmas, biroq mana shu 1 500 ming nafarga yaqin inson “Bosh vazir kubogi” musobaqalari bahona sog'lom turmush tarziga oshno tutindi, o'z salomatligini mustahkamlashga intildi. Zero, mazkur sport musobaqalarini tashkil etishdan ko'zlangan bosh maqsad ham aslida shu emasmidi?!

Qizg'in va murosasiz, eng muhimi – do'stona ruhda o'tgan musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom, kubok hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. SHuningdek, turli nominaciyalar bo'yicha ham eng munosiblar alohida etirof etildi.

Qayd etish lozim, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev rahbarligida 2019 yil 4 sentyabr kuni o'tkazilgan 2020 yilda Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish, ommaviy sport va jismoniy tarbiyani rivojlantirish bo'yicha olib borilgan ishlar natijadorligi va bu borada amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar to'g'risidagi videoselektor majlisida vazirlik, idora, xo'jalik birlashmalari, yirik korxonalar va tashkilotlar xodimlari o'rtasida turli ommaviy madaniy va sport tadbirlari, shu jumladan “Bosh vazir kubogi” musobaqasini o'tkazish vazifasi yuklatilgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing