So’nggi yangiliklar

15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0 10:59Илгиз Танташевнинг ЖЧ-2026`даги тақдири маълум! 0 10:27SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек ва Алиреза бир хилда очко тўплади, чемпион номини армагедон ҳал қилди 0 09:54Нурмагомедов: "Ҳеч ким Махачев рекордини янгилай олмайди" 0 09:21ACBJJ 21: Росас Магомедшариповни, "Гладиатор" эса Петросянни тўхтатди, Зубайрада мағлубият! 0 08:49Неймар Бразилия терма жамоасидаги фаолиятини якунлади 0 08:23Naroditsky Memorial 2026. Жавоҳир Синдаров блиц турнирида ҳам чемпион бўлди! 0 07:52Тошкент вилояти дзюдочилари Ўзбекистон Кубоги соҳиби! 0

15 jan 09:28
Yangiliklar

Futbol

Futbol. Bugun Janubiy Koreyaga qarshi o'ynaymiz

Bugun Tailanddagi U-23 Osiyo chempionatida 3-tur bahslari davom ettiriladi.

Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 3-turni Janubiy Koreyaga qarshi o'tkazishadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 15:15da boshlanadi. Uchrashuv Bangkok shahridagi "Tammasat" stadionida bo'lib o'tadi.


DASTLABKI IKKI TURDAGI NATIJA

Musobaqaning 1-turida O'zbekiston olimpiyachilari Eron bilan o'ynashdi. Islom Qobilov birinchi taym so'nggida Bobir Abdixoliqov ishlagan penaltidan gol urib, hisobni ochdi. Bunga forslar ikkinchi taym boshida javob berishdi - 1:1. Ikkinchi turda vakillarimiz Xitoyni 2:0 hisobida mag'lub etishdi. Islom Qobilov yana penaltidan gol urdi, ikkinchi taymda Nurillo To'xtasinov to'p kiritdi.

Janubiy Koreyaga esa ilk turni Xitoyga qarshi o'tkazdi. Qiziqarli va hujumlarga boy o'tgan bahs taqdirini birgina gol hal qildi. 90+3 daqiqada koreyaliklar vakili Li Dong Jun Xitoy darvozasini ishg'ol etishdi va g'alabani ilib ketishdi - 1:0. Ikkinchi turda Koreya Eronni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Yana Li Dong Jun va CHo Kyun Seong gol urishgandi. 6 ochko to'plagan Janubiy Koreya muddatdan avval chorak finalga chiqib bo'ldi. 


U-23 Osiyo chempionati. Janubiy Koreyada ikkinchi tarkib yo'q        

 



JANUBIY KOREYANING U-23 OSIYO CHEMPIONATLARIDAGI ISHTIROKI
2014 yilgi musobaqani Janubiy Koreya guruhda Iordaniya bilan durang o'ynab boshlagandi - 1:1. Keyingi turlarda Myanma (3:0) va Ummon (2:0) mag'lub etilgan. CHorak finalda koreyslar Suriyani 2:1 hisobida taslim qilishgan. Yarim finalda Iroqqa imkoniyat boy berilgan - 0:1. Uchinchi o'rin uchun bahsda yana Iordaniya bilan to'qnash kelgan Koreya penaltilar seriyasida yutqazib qo'ygandi - 2:3.

2016 yil Qatarda o'tgan chempionatda Koreya guruhning ilk turida O'zbekistonni 2:1 hisobida mag'lub etgandi. So'ngra Yaman 5:0 hisobida tor-mor etildi. Oxirgi turda Iroq bilan durang o'ynagan (1:1) Koreya chorak finalga chiqqandi. CHorak finalda Iordaniya 1:0 hisobida taslim qilingan. Yarim finalda esa Qatardan ustun kelgan (3:1) Koreya finalga chiqqandi. Hal qiluvchi bahsda Yaponiyaga imkoniyat boy berilgan - 2:3.

Ikki yil oldin Xitoyda o'tgan musobaqada Janubiy Koreya Vetnam (2:1) va Avstraliyani (3:2) mag'lub etdi, Suriya bilan durang o'ynagan (0:0). CHorak finalda Malayziya taslim qilingan - 2:1. Yarim finalda koreyslar O'zbekiston bilan to'qnash kelishgan va 1:4 hisobida mag'lub bo'lishgan. Uchinchi o'rin uchun o'yinda Janubiy Koreya Qatarga yutqazib qo'ygan - 0:1.

Yuqorida yozilganidek bu ikki jamoa U-23 Osiyo chempionatlarida ikki bor to'qnash kelishgan. 2016 yil Janubiy Koreyaning qo'l baland kelgan - 2:1. Bizdan Dostonbek Hamdamov gol urgan edi.

2018 yilgi uchrashuvda vakillarimiz Zabihillo O'rinboev, Azizjon G'aniev, Jasurbek Yaxshiboev va Akrom Komilov gollari evaziga g'alaba qozonishgan - 4:1.




JANUBIY KOREYANING 2019 YILDAGI O'YINLARI

U-23 Osiyo chempionati saralashi
Janubiy Koreya - Xitoy Taypei 8:0
Janubiy Koreya - Kambodja 6:1
Janubiy Koreya - Avstraliya 2:2

O'rtoqlik uchrashuvlari:
Janubiy Koreya - O'zbekiston 3:1
Janubiy Koreya - O'zbekiston 1:2
Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni 2:0
Janubiy Koreya - Bahrayn 3:0
Janubiy Koreya - Iroq 3:3
Janubiy Koreya - BAA 1:1



O'zbekistonning U-23 Osiyo chempionati uchun yakuniy ro'yxati:

Darvozabonlar: 1.Abduvohid Nematov ("Nasaf"), 12.Mashxurjon Muhammadjonov ("Nasaf"), 21.Nizomitdin Ziyovutdinov (AGMK).

Himoyachilar: 2.Islom Qobilov ("Bunyodkor"), 3.Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), 5.Dilshod Saitov ("Nasaf"), 13.SHerzod Nasrullaev ("Nasaf"), 15.Oybek Rustamov ("Qo'qon-1912"), 19.Ilhom Alijonov ("Navbahor"), 20.Husniddin Aliqulov ("Nasaf").

Yarim himoyachilar: 4.Abdulla Abdullaev ("Bunyodkor"), 6.Aziz G'aniev ("Nasaf"), 7.SHarof Muxitdinov ("Nasaf"), 8.Nurillo To'xtasinov ("Bunyodkor"), 9.Jasurbek Yaxshiboev (AGMK), 14.Abrorbek Ismoilov ("Surxon"), 17.Islom Kenjaboev ("Nasaf"), 18.Doston Ibragimov ("Qizilqum"), 22.Sanjar Qodirqulov ("Bunyodkor"), 23.Oybek Bozorov ("Nasaf").

Hujumchilar: 10.Bobir Abdixoliqov ("Nasaf"), 11.Mirjahon Mirahmadov ("Bunyodkor"), 16.Azizbek Amonov ("Lokomotiv").




Janubiy Koreyaning U-23 Osiyo chempionati uchun yakuniy ro'yxati:

Darvozabonlar: Song Bum Kun, An Jun Su, An CHang Gi.

Himoyachilar: Kang Yun Seong, Kim Jae Vu, Kim Jin YA, Kim Tae Xyon, Vun Du Jae, Li Sang Min, Li YU Xyon, Jeong Tae Vuk.

Yarim himoyachilar: Kim Dong Xyun, Kim Jin Kyu, Mang Seong Ung, Li Dong Gyoong, Jung Seung Vun.

Hujumchilar: Kim Dae Vun, Um Von Sang, Ox Se Xun, Li Dong Jun, Jeong Vu Yong, CHo Kyu Seong.



HAKAMLAR

O'zbekiston va Janubiy Koreya o'rtasidagi uchrashuvni yaponiyalik Xiroyuki Kimura boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borishadi. Malumot uchun, Kimura 1982 yilda tug'ilgan va 2014 yildan buyon FIFA hakami sifatida ishlab kelmoqda. 


U-23 Osiyo chempionati
"C" guruhi, 3-tur
O'zbekiston - Janubiy Koreya
15 yanvar 2020 yil. Bangkok. "Tammasat" stadioni. 15:15 (Toshkenti vaqti)
Bosh hakam: 
Xiroyuki Kimura (Yaponiya)
Qanot hakamlari: Xiroshi Yamauchi va Jun Mixara (ikkisi Yaponiya)
To'rtinchi hakam: Tojo Minoru (Yaponiya)
VAR hakami: Iida Jumpey (Yaponiya)
VAR yordamchi hakamlari: Ryuji Sato (Yaponiya) va Ahmad Abu Bakar Al Kaf (Ummon)
 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing