09 jan 10:42
Yangiliklar
Futbol

Futbol. Bugun O'zbekiston Osiyo Kubogidagi ishtirokini boshlaydi
Xabaringiz bor, Birlashgan Arab Amirliklarida futbol bo'yicha Osiyo Kubogi o'tkazilmoqda.
Ayni paytda guruh bahslari davom etmoqda. Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi esa musobaqadagi ishtirokini bugun boshlaydi. Vakillarimiz bugun "SHarja" stadionida Ummon terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadilar. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da boshlanadi. O'yinni Janubiy Koreyalik FIFA referesi Kim Dong Jin boshqarib boradi.
Osiyo kubogi. "F" guruhi
BAA. SHarja shahri.
"SHarja" stadioni. 17:30 (Toshkentda 18:30)
O'zbekiston - Ummon
Bosh hakam: Kim Dong Jin (Janubiy Koreya)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar