So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

11 iyu 16:43
Yangiliklar

Futbol

Futbol. Eron – O'zbekiston uchrashuvi prevyusi

Osiyo mintaqasidan JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 8-turida O'zbekiston terma jamoasi safarda Eron futbolchilariga qarshi bahs yuritadi.

Bellashuv 12 iyun, dushanba kuni Tehron shahridagi “Ozodi” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vatqi bilan 21:45 da boshlanadi.

O'FF matbuot xizmati jamoalar o'rtasidagi o'zaro o'yinlar statistikasi, tarkibdagi yo'qotishlar va bo'lajak o'yinga oid boshqa malumotlarni taqdim qiladi.

O'zaro uchrashuvlar

O'zbekiston va Eron shu kungacha 7 marotaba o'zaro to'qnash kelgan. Forslar 5 o'yinda g'alaba qozongan bo'lsa, bitta uchrashuvda milliy terma jamoa zafar quchgan. Yana bir o'yinda murosa ko'chasi tanlangan. O'zbekiston milliy terma jamoasining Eronga qarshi yagona g'alabasi 2012 yili Tehronda qayd etilgan.

Jamoalar o'rtasidagi barcha o'yinlar natijasi

14.12.1998  O'zbekiston – Eron 0:4  |  Osiyo o'yinlari 1/4 final

11.07.2007  Eron – O'zbekiston 2:1  |  Osiyo Kubogi, guruh bosqichi

05.09.2009  O'zbekiston – Eron 0:0  |  O'rtoqlik o'yini

03.06.2012  O'zbekiston – Eron 0:1  |  JCH–2014 saralashi

14.11.2012  Eron – O'zbekiston 0:1  |  JCH–2014 saralashi

11.06.2015  O'zbekiston – Eron 0:1  |  O'rtqolik o'yini

06.10.2016  O'zbekiston – Eron 0:1  |  JCH–2018 saralashi

Bo'lajak o'yinga tayyorgarlik

O'zbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi o'yin oldidan 6 iyun kuni Toshkentda Tailand termasi bilan kuch sinashdi. Temurxo'ja Abduxoliqov va Sardor Rashidovning gollari O'zbekistonga 2:0 hisobidagi g'alabani olib keldi.

Eron termasi 4 iyun kuni Podgorica shahrida CHernogoriya futbolchilariga qarshi bahs olib bordi. Sardor Azmunning dubli Karlush Keyrush jamoasiga 2:1 hisobidagi g'alabani keltirdi.

Yo'qotishlar

O'zbekiston terma jamoasi safida bir qator yo'qotishlar mavjud. Jumladan, Vitaliy Denisov, Islom To'xtaxo'jaev, Aleksandr Merzlyakov kabi futbolchilar Tailand va Eronga qarshi o'yinlarda maydonga tushmasligi ancha oldin malum bo'lgan edi.

Keyinroq shifokorlar tavsiyasiga ko'ra Odil Hamrobekov milliy terma jamoa lagerini tark etib, “Nasaf” ixtiyoriga yuborildi. Tailand bilan o'yinda jarohat olgan Marat Bikmaev Eronga bormasligi malum bo'ldi.

Eron terma jamoasi safida yo'qotishlar yo'q. O'zbekiston bilan o'yinga jalb qilingan futbolchilardan hech biri jarohat olmagan yoki malum sabablarga ko'ra lagerni tark etmagan. 


FIFA reytingidagi o'rni

1 iyun kuni Xalqaro futbol federaciyasi (FIFA)ning yangilangan reytingni elon qilingan edi. Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi 582 ochko bilan 62-o'rinni egalladi. Hisobida 829 ochko bo'lgan Eron jahon reytingida 30-pog'onadan joy oldi. OFKga azo mamlakat terma jamoalari o'rtasida forslar birinchi, O'zbekiston oltinchi o'rinda bormoqda.

Uchrashuv hakamlari

Eron – O'zbekiston uchrashuviga ummonlik FIFA referisi Ahmad Abu Bakar Said al-Kaf mazkur bosh hakam etib tayinlandi. Unga qanotlarda hamyurtlari Hamid Sulaymoy Marhun al-Mahayi hamda Abu Bakar Salim Mahad al-Amri yordam beradi. Umar Muborak Mazarua al-Yoqubiy zaxira hakami sifatida ishlaydi.

Hakamlar ishiga malayziyalik Muhammad Solih Subhiddin baho beradi. Uchrashuv komissari etib yaponiyalik Kaise Tomoxiro tayinlandi. Xavfsizlik bo'yicha oficer – Tara Singx (Malayziya).


Guruhdagi vaziyat

JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan keyin vaziyat quyidagicha: Eron 17 ochko bilan peshqadam, Janubiy Koreya 13 ochko, O'zbekiston 12 ochko bilan mos ravishda 2–3 o'rinlarni egallab turibdi. Guruhdagi 4–6 o'rinlarni esa tegishli ravishda Suriya (8 ochko), Xitoy (5 ochko) va Qatar (4 ochko) egallagan.

“A” guruhi 8-turning qolgan o'yinlari

Saralash bosqichining “A” guruhi 8-turida Suriya neytral maydon – Malayziyada Xitoy terma jamoasi bilan to'qnash keladi. O'yin 13 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 18:45 da boshlanadi. Qatar termasi esa 13 iyun kuni Janubiy Koreyani Doha shahrida qabul qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

   
12 iyu 08:29:17
Murod 7707
Bugun shot 1-2 bosa kk Uzb foydasiga
   
11 iyu 17:29:26
СПОРТ
Админлар илтимос мутахасислар билан сухбат ташкиллаштириб фикрларини ёзиб чикинглар. Эронликларни спорт дастурлари, газеталари, сайтлари, хуллас нима илинса сайтга жойлаб тахлилий маколалар чикаринглар. Бу маълумотлар эски хаммаси. Эртага катта уйину хамма томон сув босгандай жимлик. Футболчиларимиз сайтингизга албатта киради, уларни маъсулиятини оширувчи туртки берувчи маколалар тайёрланг.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing