14 iyu 18:40
Yangiliklar
Futbol

Futbol. Koreyadagi uch nafar futbolchimiz bugun tur uchrashuvlarini o'tkazdi
Janubiy Koreya chempionati 6-turi doirasida bir qator uchrashuvlar o'z nihoyasiga etdi.
Etiborli tomoni ushbu turda hamyurtlarimiz Rustam Ashurmatov to'p tepadigan “Kvandju” klubi o'z maydonida Dostonbek Tursunov sharafini himoya qiladigan “Busan” jamoasini qabul qilib, irodali g'alabaga erishdi -3:1. O'zbekistonlik futbolchilar uchrashuvda 90 daqiqa mobaynida maydonda harakat qilishdi.
Yana bir hamyurtimiz Ikrom Aliboev to'p tepadigan “Seul” klubi esa safarda “Tegu”ga qarshi bahsda o'z darvozasidan javobsiz oltita gol o'tkazib yubordi. Sirdaryolik futbolchi mazkur bellashuvda 90 daqiqada maydonda harakat qildi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar