31 jan 14:30
Yangiliklar
Futbol

Futbol. O'zbekiston chempionatiga qura tashlash muddati o'zgardi
Malumotga ko'ra, shanba - 3 fevral kuni 2018 yilgi O'zbekiston Superligasi bahslariga qura tashlanadi.
Qura tashlash marosimi "Interkontinental" mehmonxonasida bo'lib o'tishi kutilmoqda. Aslida qura marosimi ertaga, 1 fevral kuni O'FA binosida bo'lib o'tishi lozim edi, lekin keyinroq 3 fevralga ko'chirildi. Buning sabablari bizga malum emas.
Eslatib o'tamiz, bu yilgi Superligada 12ta jamoaning ishtirok etishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar