So’nggi yangiliklar

17:28Роландо Ромеро ўз камарини Теофимо Лопесдан ҳимоя қилади 0 16:55Нурсултон Рўзибоев Рамзан Қодиров совға қилган қимматбаҳо автомобилни қабул қилиб олди (ФОТО) 0 16:22"Ҳусанов "Ланс"га учаётганида: "Мени Россияга сотишади деб ўйлагандим", – дея тан олган эди" 0 15:56Хорхе Масвидаль: "Холлоуэйнинг ғалабасига уйимни тикаман" 0 15:30Махачев Россиянинг ММА рейтингидаги етакчилигига муносабат билдирди 0 14:58Конор Макгрегор: "Ҳозир фаолиятимнинг энг юқори чўққисидаман, Холлоуэйни нокаут қиламан" 0 14:34Возинья Лионель Месси билан бир жамоада бўлиши мумкин — Marca 0 14:11"Ferrari" ва "Honda Civic". UFC жангчиси Макгрегор — Холлоуэй жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:45Хабиб Аргентина терма жамоаси ҳақида: "Улар менга ёқмайди, лекин..." 0 13:20Умар Кремлёв: "ХОҚда бошқа чора қолмаганди" 0 12:52ЖЧ-2026`да яна бир рекорд қайд этилди 0 12:28Шанхайдаги UFC Fight Night 286 турнирининг иккинчи муҳим жанги эълон қилинди 0 11:57Макгрегор UFC 329 жанги учун янги номдаги шортиларни қабул қилиб олди + ФОТО 0 11:30Нурмагомедовнинг Шанхайдаги жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0 10:56"Улар Мессининг чиқиб кетишини хоҳлашмаяпти". Миср мураббийи ФИФАни айблади 0

10 fev 16:20
Yangiliklar

Futbol

Futbol. O'zbekiston milliy terma jamoasi Senegalga qarshi o'ynaydi

O'zbekiston futbol terma jamoasi yana bir kuchli raqibga qarshi o'yin o'tkazadi.

Xabaringiz bo'lsa, MOQ Prezidenti va O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Janni Infantino bilan uchrashuv chog'ida O'zbekiston terma jamoasi uchun kuchli raqiblar bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilishda amaliy yordam berishni so'ragan edi. Janni Infantino bu borada O'zbekistondan yordamini ayamasligini takidlab o'tib, buni amalda isbotlamoqda.

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 27 mart kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z tarixida birinchi marta JCH-2018 ishtirokchisi Marokash terma jamoasi bilan Kasablanka shahrida o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Mart oyidagi FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida, 23 mart kuni Kasablanka shahrida Afrikaning nomdor terma jamoasi, JCH-2018 ishtirokchisi Senegal terma jamoasi bilan ham o'rtoqlik o'yini o'tkazish borasida kelishuvga erishildi.

Ushbu kelishuv amalga oshishida FIFA prezidenti Janni Infantinoning yordami katta bo'lganini ham takidlab o'tish kerak.

Senegal terma jamoasi JCH-2018da “N” guruhidan o'rin olgan bo'lib, guruhdan chiqish uchun Polsha, Kolumbiya va Yaponiya terma jamoalari bilan bahs olib boradi.

O'zbekiston MTJ Senegal va Marokashdan tashqari, shu yilning may oyida Eron milliy terma jamoasi bilan ham o'rtoqlik o'yini o'tkazishini eslatib o'tish darkor.

Milliy terma jamoa uchun kuchli raqiblar bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilish borasidagi muzokaralar davom etmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing