So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

22 avg 10:58
Yangiliklar

Futbol

Futbol. O'zbekiston MTJning Falastinga qarshi o'yin uchun kengaytirilgan tarkibi malum qilindi

Teglar :  O'zbekistonFutbol
Bilasiz, sentyabr oyida Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari start oladi.

Saralash bahslarining “D” guruhidan o'rin olgan O'zbekiston milliy terma jamoasi ilk o'yinini safarda Falastinga qarshi o'tkazadi. Mazkur uchrashuv Al-Ram shahridagi Falastin terma jamoasining uy o'yinlarini o'tkazadigan “Faisal Al-Husseini” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin bizning vaqtimiz bilan soat 19:00da boshlanadi.

Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi mazkur uchrashuvga tayyorgarlik doirasida 28 avgust sanasidan boshlab poytaxtimizda yig'inga kirishadi.

Ushbu yig'inga 24 nafar futbolchi jalb etildi:

Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”), Eldor Suyunov (“Paxtakor”), Botirali Ergashev (“Dinamo”).

Himoyachilar: Egor Krimec (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”), Doston Tursunov (“Renofa Yamaguchi” – Yaponiya), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), Oleg Zoteev (“Lokomotiv”), Farrux Sayfiev (“Paxtakor”), Davron Xoshimov (“Lokomotiv”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”), Odil Ahmedov (“SHanxay SIPG” - Xitoy), Ikrom Aliboev (“Seul FK” – Janubiy Koreya), Aziz G'aniev (“Nasaf”), Oston O'runov (“Lokomotiv”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Sanjar SHoahmedov (“Terengganu” - Malayziya), Doston Ibragimov (“Qizilqum”), Quvondiq Ro'ziev (“Qo'qon-1912”), Doston Hamdamov (“Paxtakor”).

Hujumchilar: Eldor SHomurodov (“Rostov” – Rossiya), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Temurxo'ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”).

Takidlash joiz, 28 avgustdan yig'inga kirishadigan terma jamoamiz Toshkentda 3 sentyabrga qadar mashg'ulotlar olib boradi.  

Reyting: +1   

Fikrlar

   
22 avg 12:18:28
Jimidillo nishon Paxtaobot
O'zbegim o'g'lonlari olg'a omat MTJ ga
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing