12 avg 11:40
Yangiliklar
Futbol

Futbol. O'zbekiston terma jamoasi bu yil rasmiy uchrashuvlar o'tkazmaydigan bo'ldi
OFK rasmiy sayti JCH-2022 va OK-2023 qo'shma saralashi o'yinlari keyingi yilga qoldirilganini elon qildi.
Ko'plab mamlakatlarda yuzaga kelgan vaziyat tufayli FIFA va OFK kelishgan holda JCH-2022 va OK-2023 qo'shma saralash bosqichi o'yinlarini 2021 yilga qoldirdi.
Aslida shu yilning oktyabr va noyabr oylarida saralash o'yinlari bo'lib o'tishi lozim edi. Uchrashuvlarning yangi sanalari OFK tomonidan yaqin orada elon qilinadi, deyiladi OFK rasmiy saytida.
Oldingi taqvim quyidagicha ko'rinish olgan edi:
7-tur, 8 oktyabr
Falastin - Singapur
Saudiya Arabistoni - Yaman
8-tur, 13 oktyabr
Yaman - O'ZBEKISTON
Singapur - Saudiya Arabistoni
9-tur, 12 noyabr
Saudiya Arabistoni - Falastin
O'ZBEKISTON - Singapur
10-tur, 17 noyabr
Saudiya Arabistoni - O'ZBEKISTON
Falastin - Yaman
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar