So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

08 iyu 06:18
Yangiliklar

Futbol

Futbol. O'zbekiston terma jamoasi Urugvayga imkoniyatni boy berdi

Urugvay poytaxti Montevideo shahridagi “Sentenario” stadionida Urugvay hamda O'zbekiston milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi.

Uchrashuvda vakillarimiz 3-0 hisobida mag'lub bo'lishdi. Uchrashuvda milliy terma jamoamizning murabbiylari asosan yosh futbolchilarni sinovdan o'tkazishdi.

Bahsdagi dastlabki golni 31-daqiqada Jorjian de Arraskaeta kiritdi. U Luiz Suares tomonidan oshirib berilgan to'pni darvozaga aniq yo'llab, hisobni ochdi. 53 daqiqada Rustam Ashurmatov to'pni qo'l bilan o'ynadi degan xulosaga kelgan hakam, O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozasiga penalti belgiladi. Penaltini Luiz Suares aniq bajarib hisobni 2:0 ga etkazdi. 73 daqiqada burchakdan oshirilgan to'pni Xose Mariya Ximenes darvozamizga aniq yo'llab Urugvay terma jamoasining 3-golini kiritdi.

Garchi o'yinda imkoniyat boy berilgan bo'lsa ham, tarkibimizdagi bir qator yosh futbolchilar uchun jahon chempionatining ishtirokchisi bo'lgan Urugvay terma jamoasiga qarshi kechgan bu uchrashuv katta tajriba maktabi bo'lganini takidlab o'tish zarur.

Milliy terma jamoamiz navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 2018 yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida Qatar milliy terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun kuchli raqiblar bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar davom etadi.

O'rtoqlik uchrashuvi
Montevideo, “Sentenario” stadioni
Urugvay – O'zbekiston 3:0

Gollar: Jorjian de Arraskaeta (31), Luiz Suares (54), Xose Mariya Ximenes (73)
Urugvay MTJ: 1. Fernando Muslera, 16. Maksimiliano Pereyra (Diego Laksalt, 58), 3. Diego Godin, 2. Xose Mariya Ximenes, 22. Martin Kaseres, 8. Naxitan Nandez, 6. Rodrigo Bentankur, 15. Matias Vesino (Lukas Torreyra, 58), 10. Jorjian de Arraskaeta (Karlos Sanches, 65), 9. Luiz Suares (Kristian Stuani, 83), 21. Edinson Kavani.
O'zbekiston MTJ: 1. Suyunov Eldor, 2. Ashurmatov Rustam, 3. Azamov SHerzod, 4. Komilov Akromjon, 6. G'aniev Aziz (Aliboev Ikrom, 73), 7. Xamrobekov Odil (G'iyosov  Xurshid, 73), 10. Turg'unboev Aziz (Yaxshiboev Jasur, 58), 11. O'rinboev Zabihillo (Abduxoliqov Bobur, 45), 15. Muhammadiev SHuxrat (Otaxonov Abbos 58), 17. Masharipov Jaloliddin, 22. Siddiqov Javohir (SHixov Sanat, 81).
Ogohlantirishlar: Jaloliddin Masharipov (9), Rustam Ashurmatov (53), Matias Vesino (57)
CHetlatish: Komilov Akromjon (79).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing