18 jan 19:05
Yangiliklar
Futbol

Futbol. O'zbekiston Yaponiyaga qarshi o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatmoqchi
U-23 Osiyo chempionatidagi ishtirokini davom ettirayotgan O'zbekiston terma jamoasini ertaga nihoyatda muhim bahs kutib turibdi. Vakillarimiz chorak finalda Yaponiya U-23 terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.
Terma jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o'yindan oldin quyidagi fikrlarni aytib o'tdi:
-
"Ertaga bo'ladigan o'yinni Tailandda o'tgan musobaqa finali bilan
taqqoslash kerak emas. CHunki Osiyo chempionati butunlay boshqa turnir.
Birinchi o'yindagi mag'lubiyatdan keyin biz ruhiy holat ustida ko'p ishladik.
Keyin ikkita bahsda g'alaba qozondik. CHorak finalga chiqqanimizdan
xursandmiz".
- "Yaponiya - yaxshi jamoa va o'ylaymanki, ular ham M-150
Kubogidagi jamoadan farq qiladi. Biz raqibni yaxshi o'rgandik. Ertaga
o'zimizning yaxshi o'yinni ko'rsatmoqchimiz. SHogirdlarimga to'liq ishonaman".
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar