10 may 22:07
Yangiliklar
Futbol

Futbol. To'rt nafar o'zbek futbolchisi o'ynaydigan Koreya chempionati boshlandi. Vaziyat qanday?
Janubiy Koreya chempionati yangi mavsumining 1-tur o'yinlari 8-10 may sanalarida bo'lib o'tdi.
Tur doirasida o'tgan o'zbekistonlik futbolchilar Rustam Ashurmatov (“Gvangyu”) hamda Jamshid Iskanderov (“Seongnam”) o'rtasidagi o'ziga xos derbida mehmonlar 2:0 hisobida zafar quchdi. Ashurmatov ham Iskanderov ham uchrashuvni to'liq 90 daqiqa harakat qilishgan.
Doston Tursunov o'ynayotgan “Pusan I'Park” mehmonda “Poxang Stilers”ga imkoniyatni boy bergan (0:2) bo'lsa, Ikromjon Aliboevning jamoasi “Seul” esa “Kanvon”ga (1:3) yutqazdi. Tursunov bahsni asosiy tarkibda boshladi va o'yin oxirigacha to'p tepdi. Aliboev esa 60-daqiqada zaxiraga olingan.
Musobaqa jadvali
To'purarlar ro'yxati
2-tur o'yinlari esa 16-17 may kunlari bo'lib o'tadi
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar