23 jan 19:11
Yangiliklar

Futbol. Yaponiyadan so'ng Janubiy Koreyaga ham to'rtta gol kiritdik, O'zbekiston finalda!
Uchrashuvning 33-daqiqasida Javohir Sidiqovning ajoyib pasidan so'ng Zabihillo O'rinboev birga bir vaziyatdan gol urib hisobni ochdi - 1:0. Bahsning 58-daqiqasida Xvang Xyun Su boshi bilan hisobni tenglashtirdi - 1:1.
Qo'shimcha taymlarda Azizjon G'aniev supergol urdi va O'zbekistonni oldinga olib chiqdi - 2:1. Jasurbek Yaxshiboev qarshi hujumdan so'ng gol urdi - 3:1. Akromjon Komilov o'tkir burchadan ajoyib gol urdi - 4:1.
O'zbekiston - Janubiy Koreya 4:1
Gollar: Zabihillo O'rinboev 33, - 1:0. Xvang Xyun Su 58, - 1:1. Azizjon G'aniev 99, - 2:1. Jasurbek Yaxshiboev 110, - 3:1. Akromjon Komilov 120, - 4:1.
O'zbekiston - 1.Botirali Ergashev, 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akromjon Komilov, 5.Abbosjon Otaxonov (16.Doniyor Narzullaev, 91), 6.Azizjon G'aniev (15.Oybek Rustamov, 109), 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Jasurbek Yaxshiboev, 9.Zabihillo O'rinboev, 10.Javohir Sidiqov (Bobur Abduxoliqov, 112), 17.Dostonbek Hamdamov, 20.Dostonbek Tursunov
Janubiy Koreya: 1.Kang Xyon Mu, 2.Park Jae Vu, 3.Li Gun, 5.Xvang Xyun Su, 8.Xan Seung Gyyu, 9.Li Kun Xo, 10.Yun Seung Vun, 11.CHo Yung Vuk, 15.CHoi Jae Xun (), 16.Jang Yun Xo, 22.Li Sang Min
Ogohlantirishlar: Jang Yun Xo 50, Li Kun Xo 75 - Abbosjon Otaxonov 58
CHetlatish: Jang Yun Xo 75 (2SK)
Fikrlar