27 may 12:40
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/13390_220.jpg)
Futzal. Akbar Usmonov U-20 Osiyo chempionatining eng yaxshi to'purari!
Kecha futzal bo'yicha tarixda ilk bor o'tkazilgan U-20 Osiyo chempionati o'z nihoyasiga etdi.
Musobaqa yakunida eng yaxshilar taqdirlandi. Unga ko'ra, O'zbekiston U-20 terma jamoasi hujumchisi Akbar Usmonov musobaqa to'purari degan nomga sazovor bo'ldi. Akbar Osiyo chempionati davomida raqiblar darvozasiga jami 13ta to'p kiritdi.
Undan keyingi o'rindagi Afg'oniston U-20 terma jamoasi azosi Javad Haidari esa 10ta gol urdi. O'zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo chempionatida 4-o'rinni qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : ufa.uz
Fikrlar