29 apr 10:30
Yangiliklar
Futbol

Futzal. CHempionlar ligasida "Barselona" sovrindor bo'ldi
Futzal bo'yicha chempionlar ligasining hal qiluvchi bahslari Qozog'istonning Olmaota shahrida bo'lib o'tdi.
Bronza medali uchun kechgan o'yinda «Barselona» klubi «Inter Movistar»ni (Ispaniya) mag'lub (3:1) etib, shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy oldi. Kataloniyaliklar o'tgan mavsum ham ushbu o'rinni qo'lga kiritgandi. Final to'qnashuvida esa «Sporting» (Portugaliya) jamoasi Qozog'istonning «Qayrat» klubini 2:1 hisobida taslim etib, bosh sovrin egasiga aylandi.
Havola :
Fikrlar