02 okt 06:05
Yangiliklar

Futzal. JCH-2016. Argentina – Jahon chempioni!
Hal qiluvchi final uchrashuvida Rossiya va Argentina terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Dramatik va gollarga boy tarzda o'tgan uchrashuvda Argentinaning qo'li baland keldi - 5:4.
SHu tariqa, muxlislar futzalda yangi Jahon chempioni nomini bilib olishdi. Sababi, shu kunga qadar o'tkazilgan ettita mundialning beshtasida Braziliya, ikkitasida esa Ispaniya terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritgan edi.
JCH-2016. Final
Kali. “Kolizeo el Pueblo”
ROSSIYA – ARGENTINA 4:5
Gollar: E.Lima 16, 22, 40 (dabl pen.), D.Liskov 39 – A.Vaporaki 16, L.Kuzzolino 20 (dabl pen.), A.Brandi 22, 23, K.Vaporaki 39
Amalga oshirilmagan dabl penalti: L.Kuzzolino 35
Rossiya (birinchi beshlik): Gustavo, Ivan CHishkala, Eder Lima, Robino, Danil Davidov.
Zaxira: Georgiy Zamtaradze, Sergey Vikulov, Vladislav SHayaxmetov, Dmitriy Liskov, Ivan Milovanov, Sergey Abramov, Artem Niyazov, Sergey Abramovich.
Argentina (birinchi beshlik): Nikolas Sarmiento, Fernando Vilgelm, Kristian Borruto, Alan Brandi, Pablo Taborda.
Zaxira: Matias Kuevedo, Guido Mosenson, Damian Stazzone, Alamiro Vaporaki, Xerardo Battistoni, Maksimiliano Reskiya, Leandro Kuzzolino, Santiago Bazile, Konstantino Vaporaki.
Bosh hakam: Fernando Lumbreras (Ispaniya)
Ikkinchi hakam: Daniel Rodriges (Urugvay)
Uchinchi hakam: Nurdin Bukuev (Qirg'iziston)
Vaqtga masul: Hamis Hassan Al SHamsi (BAA)
Ogohlantirishlar: S.Abramovich 20, Robino 34, G.Zamtaradze 35 – N.Sarmiento 10, A.Brandi 20, S.Bazile 30, A.Vaporaki 32
Fikrlar