02 okt 01:15
Yangiliklar

Futzal. JCH-2016. Osiyo chempioni Eron - bronza medali sohibi!
SHu yilning fevralida Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati finalida O'zbekiston terma jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etib, Osiyo chempioniga aylangan Eron terma jamoasi endi jahonning uchinchi jamoasi.
Portugaliya bilan kechgan bahsning asosiy vaqtida 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa forslarning qo'li baland keldi - 4:3.
SHu tariqa, Eron o'z tarixida ilk marotaba Jahon chempionatining bronza medallarini qo'lga kiritdi.
JCH-2016. Uchinchi o'rin uchun
Kali, “Kolizeo el Pueblo”
ERON – PORTUGALIYA2:2 (pen. seriyasi 4:3)
Gollar: A.Kozimi 26, M.Javid 36 (dabl pen.) – Kardinal21, 21
Eron (birinchi beshlik): Alirizo Samimi, Ahmad Ismoilpur, Asqar Hassanzoda, Farhod Tavakoli, Mexdi Javid.
Zaxira: Sepehr Muhammadi, Hamid Ahmadi, Muhammadrizo Sangsefidi, Afshin Kozimi, Muhammad Tohiri, Mehran Aliqodir, Hussayn Toyibi.
Portugaliya (birinchi beshlik): Bebe, Bruno Koelo, Kardinal, Joao Matos, Rikardino.
Zaxira: Vitor Xyugo, Andre, Fabio Sesilio, Pedro Kari, Jo, Re, Tiago Brito, Krishtianu, Migel Kastro.
Ogohlantirishlar: M.Aliqodir 15, A.Kozimi 38 – Jo 36
CHetlatishlar: M.Sangsefidi 25 – M.Kastro 25
Fikrlar