12 dek 10:12
Yangiliklar
Futbol

Futzal. Osiyo chempionatida Yaponiya bilan o'ynaymiz
Xitoy Taypeyi mamlakatida bugun, 12 dekabr kuni futzal bo'yicha Osiyo chempionati–2018 turniri guruh bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan 15 jamoa va mezbon Xitoy
Taypeyi guruh bosqichidagi raqiblarini bilib oldi. Bahodir Ahmedov bosh
murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi “B” guruhidan joy oldi va unda
Yaponiya, Tojikiston hamda Janubiy Koreya terma jamoalari bilan kurash olib
boradigan bo'ldi.
Quyida qura natijasi bilan tanishish mumkin:
“A” guruhi: Xitoy Taypeyi, Vetnam, Malayziya, Bahrayn.
“B” guruhi: O'zbekiston, Yaponiya, Tojikiston, Janubiy Koreya.
“C” guruhi: Eron, Iroq, Xitoy, Myanma.
“D” guruhi: Tailand, Qirg'iziston, Livan, Iordaniya.
Malumot uchun, futzal bo'yicha Osiyo chempionati–2018 musobaqasi 1–11 fevral kunlari bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar