So’nggi yangiliklar

07:22Бугун Синдаров иштирокидаги Grand Chess Tour: Super Chess Classic Romania 2026 старт олади 0 07:01Аллен vs Коста: Икки ўзгариш эвазига UFC Vegas 117 карди тасдиқланди 0 20:02Сергей Фомин Кутаисидаги юришини бошлади 0 19:41"Реал" футболчиларига ЕЧЛ 1/2 финали учун ваъда қилинган мукофот пуллари очиқланди 0 19:20Тошкент-2027 Жаҳон чемпионати тақвими эълон қилинди 0 18:52"Унда бу нарса йўқ". Масвидаль Чимаевнинг Хабиб ва Махачевдан фарқини тушунтирди 0 18:26Хамзат Чимаев фақат реваншдан кейингина вазнини кўтариши айтилди 0 18:05Пеп Гвардиола: "ВАРга ҳеч қачон ишонмаганман" 0 17:38Девин Хейни Ломаченконинг рингга қайтиши ҳақидаги миш-мишга муносабат билдирди 0 17:17Сехудо Чимаевнинг кейинги рақиби ким бўлиши кераклигини айтди 0 16:45World Boxing беларуслик боксчиларга қўйилган чекловларни бекор қилди, россияликлар эса... 0 16:16"Ман Сити" "Реал" қизиқаётган футболчи билан шартномани бир йилга узайтиришга яқин 0 15:41Камару Усман: "Чимаев ҳозир Анкалаев ёки Прохазкага қарши жанг қилиши керак эмас" 0 15:17Бокс бўйича Ўзбекистон U-17 терма жамоаси энг кўп финалчи билан финалга етиб келди 0 14:39Василий Ломаченко фаолиятини қайта тиклайди — The Ring 0

26 avg 09:10
Yangiliklar

Boshqalar, Futbol

Futzal: O'zbekiston terma jamoasining o'rtoqlik o'yinlari taqvimi

Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati oldidan navbatdagi o'quv yig'inini o'tkazish uchun Eronga jo'nab ketadi.

Kecha O'FF majlislar zalida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida terma jamoa bosh murabbiyi Xose Mariya Mendes terma jamoaning Jahon chempionati bahslari oldidan o'tkazadigan yig'inlari va o'rtoqlik uchrashuvlarini tasdiqladi. Unga ko'ra, dastlab Eronda 28 va 29 avgust kunlari Eron terma jamoasiga qarshi ikkita uchrashuv o'tkazilsa, mazkur o'yinlardan so'ng terma jamoa delegaciyasi Portugaliyaga yo'l oladi.

Portugaliyaning Portu shahrida o'tkaziladigan yig'inda Xose Mariya Mendes jamoasi 1 sentyabr kuni Portugaliya, 2 sentyabr kuni esa Ispaniya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Nihoyat, Jahon chempionati startidan oldingi so'nggi o'rtoqlik uchrashuvi Kolumbiyada, Jahon chempionati starti arafasida, mundialning yana bir ishtirokchisi Italiya terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati "A" guruhida Kolumbiya, Portugaliya hamda Panama terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.

O'zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatiga qadar o'tkazadigan o'rtoqlik uchrashuvlari ro'yxati:

Mashhad, Eron.

28 avgust.

Eron – O'zbekiston

29 avgust.

Eron – O'zbekiston.

Portu, Portugaliya.

1 sentyabr.

O'zbekiston – Portugaliya.

2 sentyabr.

Ispaniya – O'zbekiston

Kali, Kolumbiya.

6 sentyabr.

Italiya - O'zbekiston

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing