So’nggi yangiliklar

15:11Камилла Раҳимова 2026 йилги теннис мавсумини ғалаба билан бошлади 0 14:50"UFC жанги каби шов-шувли бўлди". Царукян Шара Буллет билан грэпплинг жанги ҳақида 0 14:29Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди 0 14:08Арман Царукян Ислам Махачев билан грэпплинг жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:47"Мен айнан шундай яшашни яхши кўраман". Мераб Двалишвили 2025 йил ҳақида гапирди 0 13:26Мария Тимофеева биринчи ракеткани мағлуб этди ва финалга чиқди 0 12:49Габон термаси тарқатиб юборилди 0 12:17"Жошуанинг яна рингга чиқиш истаги бўладими-йўқми, билмайман" - промоутер 0 11:53Нурсултон Рўзибоев Исраэль Адесаньяга қарши жанг ўтказиши мумкин 0 11:29"38 ёш — бокс учун кўп". Кроуфорд — фаолиятини якунлаш қарори ҳақида 0 11:05Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди? 0 10:39Холмурод Нурматов бир ҳафтадан кейин Грознийда жанг ўтказади + (Тўлиқ кард) 0 10:17FIDE рейтинги: Ўзбекистон эркаклар терма жамоаси Топ-15 таликдан жой олди 0 09:52Бектемир Мелиқўзиев WBA чемпионлик камари учун мажбурий даъвогарга айланди 0 09:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди 0

19 iyu 11:41
Yangiliklar

Futbol

Futzalchilarimiz xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Bangkokka yo'l olishdi

Litva mezbonlik qiladigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston futzal terma jamoasi bugun tongda Tailand tomon yo'l oldi.

Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz Bangkokda “Continental” xalqaro futzal musobaqasida ishtirok etadi. Futzalchilarimiz turnirning dastlabki bosqichida Tailand, Kosova va Mozambik vakillari bilan o'zaro kuch sinashadi.

Futzal terma jamoamiz Tailand safari oldidan 3-18 iyul kunlari Toshkent shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazdi va xalqaro musobaqa uchun yakuniy tarkib aniqlab olindi. Murabbiylar shtabi mazkur turnirga 15 nafar futzalchini tarkibga jalb etdi.

Yig'in davomida ispaniyalik Arkaitz Sisniega va Karlos Korona jamoaning jismoniy tayyorgarligi va darvozabonlar mahoratini yanada yaxshilash bo'yicha faoliyat olib bordi.

Bugun tongda futzalchilarimiz Toshkent – Istanbul – Bangkok havo reysi orqali Tailand poytaxtiga yo'l oldi. “Continental” turniri 25-iyul kuni start oladi. Birinchi turda terma jamoamizga Kosova vakillari raqiblik qiladi.

Darvozabonlar: Rustam Umarov (AGMK), Abbos Elmurodov ("Xuaxin Jizzax"), Ravshan Eliboev ("Paxtakor")

O'yinchilar: Ixtiyor Ropiev, Anasxon Rahmatov, Ilhom Hamroev, Husniddin Nishonov, Davron CHoriev, Muzaffar Ahadjonov (barchasi AGMK), Mashrab Odilov, Sunnatilla Jo'raev, Akbar Usmonov (barchasi Paxtakor), Xushnur Erkinov ("Metallurg"), Dilshod Rahmatov ("Xuaxin Jizzax"), Elbek To'lqinov ("Maksam CHirchiq").

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing