18 okt 13:05
Yangiliklar
Futbol

Futzalda Qirg'iziston terma jamoasiga yirik hisobda yutqazdik
O'zbekiston futzal terma jamoasi shu kunlarda Osiyo chempionati saralash o'yinlariga hozirlik ko'rmoqda.
Kecha terma jamoamiz Bishkekda Qirg'izistonga qarshi birinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib, 1:5 hisobida mag'lub bo'ldi. Garchi bahs o'rtoqlik maqomida kechgan bo'lsa-da, futzalchilarimizdan bunday mag'lubiyatni kutmagan edik.
Umid qilamizki, Osiyo chempionatiga saralashida O'zbekiston futzal terma jamoasi o'zini ko'rsatadi. Qirg'izistonga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi ertaga, 19 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar