27 fev 09:17
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				
				
			
				Fyuri Jeyk Polni mag'lubiyatga uchratdi
Saudiya Arabistonida professional boks oqshomi yakuniga etdi. 
			Kechaning markaziy jangida bloger Jeyk Pol Tommi Fyuriga qarshi jang qildi.
Bahs to'liq 8 raund davom etdi va unda hakamlar qaroriga ko'ra Tommi Fyuri g'alaba qozondi.
Bu Jeyk Pol uchun boksdagi ilk mag'lubiyat bo'ldi. Bungacha u 6 maroataba boksda jang o'tkazgan va g'alaba qozongan.
Ushbu jang uchun Pol 3,2 million, Fyuri esa 2 million dollar kafolatlangan gonorar oladi. Translyaciya sotuvidan tushadigan pullar orqali ularning daromadi kamida ikki barobarga ko'payadi.
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar