07 jan 15:47
Yangiliklar
Tennis

Gadjiev Floridada ikki g'alabaga erishdi, navbat uchinchisiga
AQSHning Florida shtati Neypls shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning saralash bahslari bo'lib o'tmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Alan Gadjiev ham ishtirok etyapti. Istedodli tennischimiz saralashning ikki uchrashuvida g'alabaga erishdi.
Gadjiev
avvaliga amerikalik Yan Dempsterni 6:4, 4:6, 6:4, keyin yana bir mezbon tennischi
Endryu Xellerni 6:4, 6:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bugun Alan uchinchi
bosqichda saralashning ettinchi raketkasi amerikalik Aleksandr Naytga qarshi kortga
chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar