02 noy 07:54
Yangiliklar
Futbol
"Galatasaroy" g'alaba qozonib, kuchli to'rtlikka qaytdi
Turkiya Superligasining 10-tur uchrashuvlariga start berildi.
Mazkur tur boshlanishidan oldin 7-o'rinda kelayotgan Istanbulning "Galatasaroy" klubi "Rizespor"(2:0) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin vaqtincha muddatga bo'lsa-da, 4-o'ringa ko'tarildi. Uchrashuvda hisob avtogol sabab ochilgan bo'lsa, amaldagi chempionning keyingi golini Rayan Babel penaltidan kiritdi.
Eslatib o'tamiz, Turkiya chempionatining joriy mavsumida "Alanyaspor" klubi kutilmagan tarzda etakchilik qilmoqda.
Havola :
Fikrlar