04 mar 16:28
Yangiliklar
Gamshik "Dalyan Pro" bilan shartnomani bekor qildi
Yarim himoyachi Marek Gamshik Xitoyning "Dalyan Pro" klubi bilan shartnomani bekor qildi.
Manbaning xabariga ko'ra, 33 yoshli slovakiyalik futbolchining keyingi jamoasi Bratislavaning "Slovan" klubi bo'lishi mumkin.
Futbolchining shartnomasi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan bo'ladi. Gamshik Slovakiyada formasini yig'ib olmoqchi va bo'lajak Evro-2020ga tayyorlanmoqchi. U shundan so'ng faoliyatini davom ettirish uchun yangi joy izlashi mumkin.
Qayd etish kerakki, "Slovan" - Gamshik uchun begona klub emas. U 2004 yilda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan va shundan so'ng A Seriyaga yo'l olgan edi.
Gamshik "Dalyan Pro"da 2019 yildan beri harakat qildi va 42ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar