29 avg 14:51
Yangiliklar
Gandbol. Yoshlarimiz Eronga qarshi Jahon chempionati chiptasi uchun parketga chiqishdi
Ushbu qita birinchiligida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etyapti. Qo'l to'pi ustalarimiz A guruhida 3-o'rinni egallab, 1/4 finalga yo'l olishgandi. To'rtta o'yinning ikkitasida g'alaba qozonib, qolgan ikkisida mag'lub bo'lgan yoshlarimiz A guruhida 3-o'rin bilan pley-offga chiqishgan edi.

Afsuski, yoshlarimiz jahon chempionati yo'llanmasi uchun kechgan chorak final bahsida Eron terma jamoasiga 24:36 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Eron, Bahrayn, Koreya Respublikasi va Qatar terma jamoalari kelasi yili o'tkaziladigan Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

Endi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun 5-8 o'rinlar uchun o'tkaziladigan uchrashuvda Saudiya Arabistoni yoshlariga qarshi parketga chiqadi.

Fikrlar