05 may 09:12
Yangiliklar
Tennis
Ganfmann - koronavirusdan keyin o'tkazilgan ilk turnir g'olibi!
Germaniyada o'tkazilayotgan tennis bo'yicha ko'rgazmali turnir o'z yakuniga etdi.
To'rt kun davom etgan ushbu musobaqa koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan karantin kunlari o'tkazilgan ilk turnir edi. Unda germaniyalik tennischi Yannik Ganfmann bosh sovrin sohibiga aylandi.
Mezbonlar vakili hal qiluvchi final uchrashuvida vatandoshi Dastin Braunni 4/2, 4/0 hisobida mag'lub etdi. Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda esa Yan CHoinski Yoxannes Xaertaysdan ustun keldi - 4/2, 4/2. Kuchli raqib hisoblangan Benjamin Xassanni 4/3, 4/2 hisobida taslim etgan Florian Broska esa 5-o'rinni band etdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar