13 may 12:16
Yangiliklar
O'q otish
Gannover merganlar musobaqasiga mezbonlik qildi
Germaniyaning Gannover shahrida pnevmatik quroldan o'q otish sporti bo'yicha xalqaro turnir o'tkazildi.
Unda mamlakatimiz terma jamoasi vakilari ham ishtirok etishyapti. Ayollar o'rtasida pnevmatik miltiqdan 50 metr masofadagi nishonga o'q otish bo'yicha saralash hamda final bahslari bo'lib o'tdi.
Merganlar uch xil vaziyatda - tiz cho'kkan, tik turgan va yotgan holda nishonga o'q uzishdi. Natijalarga ko'ra hamyurtimiz Sakina Mamedova saralashda beshinchi o'rin bilan finalga chiqdi.
Sakkiz nafar sportchi o'rtasidagi g'oliblik uchun bo'lgan kurashda esa hamyurtimiz 428,9 ochko bilan to'rtinchi o'rindan joy oldi. SHohsupaga Xindiston, Polsha hamda Qozog'iston vakilalari ko'tarilishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar